“Kelajak liderlari” maxsus dasturi ilk bitiruvchilarini masʼul lavozimlarga tayinlash jarayonlari boshlandi

    Keyingi avlod 28 Aprel 2021 2098

    Davlat xizmatida yangi avlod rahbar kadrlar zaxirasini yaratish, vatanparvar, tashabbuskor va faol yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga keng jalb qilishga qaratilgan “Kelajak liderlari” maxsus dasturining birinchi bosqichi yakunlangani haqida maʼlum qilingandi.

    Respublikamizning turli hududlaridan boʻlgan 50 nafar nomzod Dasturni muvaffaqiyatli yakunladi. Ayni damda ularning lavozimda oʻsish modeli ustida ish olib borilmoqda va ilk natijalar ham maʼlum qilindi.

    Nabiyev Shahzod Rustam oʻgʻli Toshkent shahri Sergeli tumani hokimining oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Kamalov Shaxboz Usmonqul oʻgʻli esa Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.