Keyingi yillarda 500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilindi

    Davlatimiz rahbari kasaba uyushmalarining korxona va tashkilotlarda mehnatga oid huquqlarni himoya qilishdagi jonbozligini alohida qayd etdi.

    Keyingi yillarda 500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilindi, ularning foydasiga 267 milliard soʻm undirib berildi.

    Shuningdek, ishdagi baxtsiz hodisalar tufayli jabrlangan 1 ming nafar xodimga 35 milliard soʻm tovon puli toʻlab berilgan.

    Bundan tashqari, nohaq boʻshatilgan 13 ming xodim ishga tiklangan.

    Toʻrt yil oldin Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etilgani kasaba uyushmalari faoliyatida yangi yoʻnalish boʻldi. Prezident oliygoh bitiruvchilari korxona va tashkilotlarda mehnat huquqlari himoyachisiga aylanib, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.