Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Shunga koʻra, korxona tomonidan 2024-yil mart oyida 3 000 tonna texnik chigit mahsuloti birja savdosiga umuman qoʻyilmaganligi aniqlandi. 2024-yil aprel oyida 5 000 tonna texnik chigit mahsuloti birja savdolariga qoʻyilishi tahlil qilinganda 3 000 tonnalik qismi savdolariga qoʻyilganligi hamda tasdiqlangan reja-grafikdan 2 000 tonna kam chiqarilmaganligi maʼlum boʻldi.
Shuningdek, klaster korxona tomonidan 2024-yil aprel oyida paxta 3 000 tonna texnik chigit mahsuloti birja savdolariga boshlangʻich narxi 1 tonna uchun 2 600 000 soʻm narx belgilanib, narx oʻzgarishlari bilan mahsulotni xar bir tonnasi 2 652 000 soʻmdan jami 7 956,0 mln soʻmga sotilgan hamda jamiyat ishtirokidagi 2024-yil 1-fevral kundagi birja savdosiga 3 000 tonna mahsulotni birja savdolariga boshlangʻich narxi 1 tonnasi uchun 2 600 000 soʻm narx belgilansa-da, 2 605 000 soʻmdan sotilganlik holatlari aniqlandi.
Natijada ushbu mahsulotni birja savdolarida shakllangan oʻrtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda mahsulot narxlarini yuqori qoʻllash natijasida jami 380 mln soʻmga yaqin miqdorda tafovut (farq) holatlari aniqlandi.
Maʼlumot oʻrnida. Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq, “Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish” harakatlari manipulyatsiya hisoblanadi.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, Andijon viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “KHANTEX-GROUP” MCHJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatiga kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.