Qarorga muvofiq, koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻirlashgan oilalarning bandligini taʼminlash orqali ularga daromad manbasini yaratish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qoʻshimcha ravishda 98 million AQSH dollari:

«Agrobank» ATBga 40 million AQSH dollari, AT Xalq bankiga 30 million AQSH dollari, «Mikrokreditbank» ATBga 28 million AQSH dollari ekvivalentida mablagʻlar ajratilishi belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga 2 million AQSH dollari;

Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalari faoliyatini yana-da rivojlantirish uchun Namangan viloyati hokimligiga 50 million AQSH dollari ajratiladi.