Bugun soat 7:30 da “Toshkent” aeroportida Italiyaning Jesolo shahrida kikboksing boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi ishtirok etgan samolyot qoʻndi. Sportchilar jami 26 ta, shundan 4 ta oltin, 7 ta kumush va 15 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Xalqaro aviaqatnovlar terminalida sportchilarni ularning yaqinlari, doʻstlari, murabbiylari, vazirlik va idoralar vakillari, jurnalist va blogerlar kutib oldi.
Eslatib oʻtamiz, 63 davlatdan 2545 nafar sportchi ishtirok etgan turnirda Oʻzbekiston jami medallar soni boʻyicha kuchli yigirmatalikka kirdi.