Premyeraga mutaxassislar, ijodkorlar, OAV vakillari, yoshlar va kinomuxlislar taklif etiladi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Qamara Kamalova, postanovkachi operator Oskar Baxtiyev, postanovkachi rassom Behzod Nazarov, grimyor Dilshoda Tilavova, liboslar boʻyicha rassom Irina Litvinenko.
Kinokartinada keksalik chogʻida yolgʻiz qolgan teatr aktrisasi va uning uyiga tasodifan kelib qolgan oʻsmir qizning taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Maʼlumot uchun, film rejissyori Qamara Kamalova Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, birinchi oʻzbek ayol rejissyori boʻlib, ijodi davomida koʻplab filmlarni suratga olgan.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati