Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Kim Pen Xva” mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Bazalt granite” masʼuliyati cheklangan jamiyati ish faoliyatini boshladi.
Korxonada qurilish uchun granit mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxonada ishlab chiqarilayotgan granitning xom ashyosini Navoiy viloyatidagi konlaridan olib kelinmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 10 mlrd soʻm boʻlib, korxona toʻliq quvvatda ishga tushishi bilan 60 ta ish oʻrni yaratiladi. Hozirda Koʻksaroy granitiga ishlov berilib, tayyor mahsulot qilib, qurilish obyektlariga yetkazib berilmoqda. Jumladan Toshkent va Nurafshon shaharlaridagi qurilishlarga yetkazilayotgan boʻlsa, kelajakda Tojikiston va Turkmanistonga eksport qilinadi.
Korxonada Xitoydan olib kelingan maxsus texnikalarda granitga ishlov bermoqdamiz. Yangi korxonamizda ishchi xodimlar xitoylik mutaxassislardan ish sirlarini oʻrganishgan. Bu mutaxassislar yaqin orada jamiyat 10000 kvadrat metr granit mahsulotini yaratishadi deydi, - korxona ish boshqaruvchisi Habibullo Zokirov.