Kimchi semizlik va qandli diabet xavfini kamaytiradi – tadqiqot

    Kuniga uch martagacha kimchi iste'mol qilish qorindagi yog' miqdorini kamaytirishi mumkin, bu esa diabet xavfini kamaytiradi.

    Bu haqda Janubiy Koreyaning Chung Ang universiteti olimlari ma'lum qildi.

    Mutaxassislar Koreyadagi Health Examinees tadqiqotida qatnashgan 40-69 yoshdagi 115 726 nafar ishtirokchi ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Erkaklarda kuniga 1-3 porsiya kimchi iste'mol qilish ortiqcha vazning kamayishiga yordam berdi. Bundan tashqari, kimchi-bechu (karamli kimchi) ni eng ko'p iste'mol qilgan erkaklarda qorin chiqish ehtimoli 10 foizga kamroq bo'lgan. Oq turpdan tayyorlangan kimchini iste'mol qilgan erkaklarda bu 8 foizga, ayollarda esa 11 foizga kamaygan.

    Shunga qaramay, olimlar kimchini ortiqcha iste'mol qilmaslikni tavsiya etishdi, deb xabar beradi lenta.ru.