Kasallik allaqachon orolda yashovchi 300 mingga yaqin mushukning hayotiga zomin boʼldi. Oqibatda, qisqa vaqt ichida ularning soni toʼrtdan bir qismga qisqardi.
Veterinariya shifokorlari bu raqamlarni yakuniy deb hisoblashga erta ekanini taʼkidlamoqda. Bunga sabab sifatida Kiprda koʼchalarda koʼplab mushuklar yashashi hamda oʼlgan hayvonlarning aniq sonini hisoblash mumkin emasligini keltirgan.
Hozirga qadar Buyuk Britaniya va Isroilda ham mushuklar koronavirusi holatlari qayd etilgan.