2022-yil oktabr oyida Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov hamda Xitoyning "Qarshi Conch sement" korxonasi oʻrtasida memorandum imzolangandi hamda unda 6 MVt issiqlik energiyasi ishlab chiqarishni qurish loyihasini amalga oshirish sohasida sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish kabi bir qator istiqbolli rejalar belgilangan edi.

Ayni kunda Kitob tumanidagi mazkur xorijiy korxonada umumiy qiymati 15 million dollarlik loyiha ishga tushirildi.

Issiqlikdan muqobil elektr energiyasi olishga moʻljallangan mazkur loyiha orqali 6 megavatt-soat elektr energiya ishlab chiqarilmoqda hamda bu orqali korxonaning elektr energiya isteʼmoli 43 foizga tejalib, ortib qolgan elektr aholiga yoʻnaltirilmoqda.