Tadbirda xohlovchilar milliy liboslar va oʻzbek tilidagi kitoblar bilan tanishish, milliy taomlardan tatib koʻrish imkoniyatiga ega boʻldi.
Bayramda Bakhtar, Salam Watandar, Radio Television of Afghanistan telekanallarining oʻzbek tilida efirga uzatilishi boshlandi.
Mamlakatimizning Afgʻonistondagi elchisi Yadgarxoʻja Shadmanov Oʻzbekiston Balx, Jauzjon, Faryob, Saripul, Qunduz viloyatlaridagi oliy oʻquv yurtlari talabalari va oʻzbek tili oʻqituvchilari bilan aloqa oʻrnatib, ularga oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha kitoblar tarqatishda har tomonlama yordam berayotganini alohida taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, Afgʻonistonda Oʻzbek tili kuni mamlakatning rasmiy bayrami hisoblanadi. Oʻzbeklar soni boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda turadi, ularning soni 2 milliondan oshadi.