Nizom koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichlarining shakli, oʻlchamlari hamda ularni tayyorlash va oʻrnatish tartibini belgilaydi.

Koʻrsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:

  • 1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali koʻrsatkich;
  • 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali koʻrsatkich;
  • 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan koʻrsatkich.

Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa koʻrsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral koʻchalar, 2-toifa koʻrsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral koʻchalar va 3-toifa koʻrsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega koʻchalarda oʻrnatiladi.

Koʻrsatkichda koʻchaning nomi qisqartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.