Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Mirzaobod tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi masʼul shaxslari va boshqalar 2021-yilda “Mirzo Ulugʻbek” mahallasi hududidagi koʻchalarni joriy taʼmirlashda ishlarni sifatsiz amalga oshirish orqali 307 mln soʻm hamda hisobotlarga haqiqatda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish yoʻli bilan 143 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.