2020-yildagiga nisbatan oylik ijara toʻlovining eng kam stavkalari quyidagi tartibda oshiriladi:

a) turar joylar boʻyicha (1 m2 uchun) Toshkent shahrida – 14 000 soʻmgacha (+16,7%), Nukus shahri va viloyat markazlaridagi shaharlarda – 8 500 soʻmgacha (+13,3%), boshqa aholi punktlarida – 4 000 soʻmgacha (+14,3%);

b) noturar joylar boʻyicha (1 m2 uchun) Toshkent shahrida – 29 000 soʻmgacha (+16%), Nukus shahri va viloyat markazlaridagi shaharlarda – 17 000 soʻmgacha (+13,3%), boshqa aholi punktlarida – 7 500 soʻmgacha (+15,4%);

v) avtotransport boʻyicha (1 ta avtotransport vositasi uchun):

  • yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi) boʻyicha – 575 000 soʻmgacha (+15%);
  • mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari boʻyicha – 1 150 000 soʻmgacha (+15%).

Eslatib oʻtamiz, ijara toʻlovining eng kam stavkalari jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi. Yaʼni ijara toʻlovining haqiqatdagi miqdori kamroq boʻlishi ham mumkin, biroq mazkur holatlarda ijaraga beruvchi eng kam stavkalardan kelib chiqqan holda soliq toʻlashi lozim. 2020-yil 1-iyuldan 31-dekabrga qadar boʻlgan muddatda ushbu qoida qoʻllanilmaydi, jismoniy shaxslar esa koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha JSHDSni toʻlashdan ozod etiladi.