Madaniyat va turizm vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan tadbirdan maqsad Xorazmning agroturizm salohiyati namoyishi, vohaning qadimiy polizchilik tajribasini, shirin-shakar qovun-tarvuzlar va bogʻdorchilik mahsulotlarining noyob tur va navlarini keng ommalashtirishdir.
Qovunlarning “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qari qiz”, “Tuya qovun”, “Toʻyona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Koʻk gulobi”, “Boʻrikalla” kabi bir-biridan shirin oʻnlab mahalliy navlari namoyish qilinadi.
Bundan tashqari, turli meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, qandolat va asalarichilik, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari koʻrgazmasi ham tashkil etiladi.
Shuningdek, festival doirasida, konsert dasturlari, tasviriy sanʼat asarlari namoyishi, hunarmadchilik mahsulotlari koʻrgazmasi, darbozlar oʻyini, xon va ayonlari chiqishi, qoʻgʻirchoq teatri tomoshalari, milliy taomlar tayyorlash boʻyicha mahorat darslari, xorazm nonini tayyorlash boʻyicha mahorat darslari, milliy liboslar koʻrgazmasi, jonli ijrodagi sahna koʻrinishlari va boshqa madaniy tadbirlar boʻlib oʻtadi.