Unga ko‘ra, kecha, 13-avgust kuni soat 21:22 larda Ko‘kdala tumani FVB dispetcherlik xizmatiga tuman hududidagi “Xo‘jaobod” MFY hududida joylashgan yangi qurib bitkazilgan choyxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, soat taxminan 21:25 larda voqea joyiga yetib borgan va soat taxminan 22:30 larda to‘liq o‘chirilgan.
Yuzaga kelgan yong‘in tufayli tadbirkor S.T.ga qarashli choyxona binosining 260 metr kvadrat maydoni – ichki va tom qismi yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.