Shartnomaga koʻra:
2021-yil 30-iyunga qadar sifatli briket ishlab chiqarish uchun mahalliy xomashyo manbaalarini oʻrganish xamda mahalliy xomashyodan bogʻlovchi ishlab chiqarish texnologiyasi va reglamentini ishlab chiqiladi;
2021-yil 1-sentyabrga qadar sifatli bogʻlovchini ishlab chiqarish va uning sanoatda tajriba-sinov jarayonlarini oʻtkazish, natijalarni faollashtirish hamda yakuniy hisobot tayyorlanadi va ishlab chiqarishga joriy etish choralari belgilanadi.
Tayyorlanadigan koʻmir briketi sifatli mayda koʻmirdan tayyorlanishi, saqlash muddati uzoq va yonuvchanligi yuqori boʻlishi kuzda tutilgan.
Bugungi kunda institut tomonidan ilk polimer mahsuloti tajriba tariqasida ishlab chiqildi.
Asni kunlarda “Oʻzbekkumir” AJ bosh geologi Erkin Joʻrayev institut bilan hamkorlikda tadqiqot oʻtkazmoqda.