Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.K.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari S.A. Kichik-Beshyogʻoch koʻchasidagi koʻp qavatli uylarda yashovchi aholidan kommunal toʻlovlar uchun yigʻilgan 158,5 mln soʻm naqd pullarni shirkat hisob raqamiga kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.