Test sinovlarida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan dastlabki saralashdan oʻtgan nomzodlar ishtirok etdi.

Oshkoralik va ochiqlik tamoyillarini taʼminlash maqsadida, nomzodlar real vaqt rejimida sinovdan oʻtkazilib, test sinovlari yakunida natijalar eʼlon qilindi.

Hududlarga hujjat topshirgan nomzodlar uchun shu kabi test sinovlari respublikamizning barcha viloyatlarida joriy yilning 11-noyabridan 15-noyabriga qadar tashkil etiladi va ularning joyi va vaqti toʻgʻrisida maʼlumotlar nomzodlarga qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi.

Test sinovlaridan eng yaxshi koʻrsatkichlar bilan oʻtgan nomzodlar tegishli suhbatdan oʻtadi, ularning natijalari komplayens inspektorlari lavozimiga istiqbolli nomzodlarni aniqlaydi.

Taʼkidlash joizki, komplayens inspektorlarining asosiy vazifalari qonun va ichki meʼyoriy hujjatlarga muvofiq hududiy korxonalarda korrupsiya xavfini keltirib chiqaruvchi sharoitlar bilan bogʻliq vaziyatlarni oldini olish va hududiy tashkilotlarda olib borilayotgan ishlarni qonun va ichki meʼyoriy hujjatlarga mos ravishda amalga oshirilishi ustidan nazorat va monitoring qilishdan iborat.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati