2022-yilning 21-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tumani sudida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi B.Ro‘ziboyev JK 210-moddasi 2-qismi, “a”, “v” banlari bilan aybli deb, topilib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, B.Ro‘ziboyev 2020-yilning dekabr oyida Markaziy Farg‘ona cho‘l hududidagi qum barhanlaridan tadbirkorga amaldagi auksion tartiblarini aylanib o‘tib, litsenziyasiz qazib olish uchun imkoniyat yaratishini aytib, undan 5000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan. 

2021-yilning 28-iyul kuni ana shunday jinoyatini davom ettirib, o‘sha tadbirkordan takroran ishlov berilgan 5600 AQSH dollarini olyotgan paytda huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.