Barcha tashkilot va idoralarda aholi vakillari ishtirokida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo'yicha targ'ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ham aholi orasida soha vakillari, mutaxassislar ishtirokida Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan turli uchrashuv, davra suhbatlari, seminarlar o'tkazilmoqda.

Angren va Ohangaron shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan davra suhbatlari o'tkazildi. Unda xotin-qizlar va tadbirkor ayollar ishtirok etdi. Tadbirda “O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Seminarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ishlab chiqishda keng aholi vakillari ham faol ishtirok etayotgani alohida ta'kidlandi. Fuqarolar tomonidan bilirilayotgan qator takliflar asosida Konstitutsiyaning 27-moddasiga kiritilayotgan qo'shimchalarga ko'ra,  shaxsiy hayot daxlsizligiga oid normalar kuchaytirilyapti. Shuningdek, har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz bo'lishi, shaxsiy va oilaviy siri, o'z sha'ni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega ekanligi, har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali so'zlashuvlarni, pochta-telegraf jo'natmalarini hamda boshqa xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga egaligi ta'kidlab o'tildi.  

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

Jasur Qayumov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bo'lim boshlig'i