Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyalanuvchilarning ”Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʼzimizniki” shiori ostidagi tadbirga jalb qilingani aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
“Mazkur videoda, MTT xodimi tomonidan yurtimizda Referendum doirasida oʼtkazilayotgan tashviqot tadbirlaridan ruhlanib, tarbiyalanuvchilarga tushuncha berishga uringanlik holatini kuzatish mumkin”, — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan respublikadagi barcha maktabgacha taʼlim sohasidagi hudud vakillariga ogohlantirishlar hamda bu kabi holatlarning oldini olish boʼyicha tavsiyalar berilgan.