Ammo, bu tartib Oʻzbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Konstitutsiyasining 67-moddasida belgilangan talabga zid kelmoqda.
Konstitutsiyamizga muvofiq, davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
Yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan bogʻliq joriy qilingan cheklov turli noqonuniy faoliyatlarni boshlanishiga, ularni erkin mehnat faoliyatini olib borishga toʻsqinlik qilishga, shuningdek eng asosiysi fuqarolarimizni konstitutsiyaviy huquqlarini cheklanishiga olib keladi.
Shuningdek, Bosh qomusimizning 42-moddasiga koʻra, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egaligi nazarda tutilgan.
Yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarimiz oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida ishsizlikdan himoyalanish huquqidan foydalangan hisoblanadi. Va bunday shaxslar qonunlarda belgilangan tartibda tegishli litsenziya olib, tegishli soliqlarni toʻlagan holda toʻliq qonuniy faoliyat yuritmoqda.
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, yoʻnalishsiz taksilar boʻyicha cheklov joriy qilishga hech qanday huquqiy asoslar yoʻq. Aksincha, konstitutsiyaviy meʼyorlarga zid kelayotgan jihatlari yaqqol koʻrinib turibdi.
Shulardan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston XDP fraksiyasi Transport vaziridan ushbu masalada aniq tushuntirish berish yuzasidan soʻrov yubordi hamda transport sohasida muammolarni bartaraf etish yuzasidan hukumat soatida deputatlar savollariga javoblarni eshitish uchun Transport vaziri taklif qilinganligini qayd etadi.
Hamkorlik materiali