Shunisi eʼtiborga loyiqki, ilgari avtotransportda tashilgan va pandemiya paytida toʻplanib qolgan yuklar temir yoʻl transportiga yoʻnaltirilayotgan boʻlib, bu — yuk egalari uchun qulay transport sharoitlari bilan Ibo Xolding porti (Xitoy) — Oltinqul davlatlararo chegara punkti — Sariogʻoch (Qozogʻiston) orqali Toshkent shahridagi temir yoʻl stansiyalarigacha keltiriladi.
50ta vagondan tashkil topgan konteyner blok-poyezdi uchta mamlakat hududi orqali tovarlarni yetkazib berishda yoʻlda raqobatbardosh boʻla oladigan tezlik bilan harakat qiladi.
Jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan Oʻzbekistonning xususiy ekspeditorlik va logistik kompaniyalari bugungi kunda taʼminotni uzviy tashkil etishda oʻzlarini ishonchli hamkor sifatida namoyon etishmoqda.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xususiy ekspeditorlik va logistika kompaniyalari bilan konteyner blok-poyezdlarni shakllantirish va koʻpaytirish borasida faol ishlarni davom ettiradi hamda doimiy hamkorlikka tayyorligini maʼlum qiladi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.