Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Aholi murojaatlariga asosan 2023-yilning birinchi yarim yilligida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatuvchi 200 ga yaqin boshqaruv tashkilotlari faoliyati oʻrganildi.

Shundan:

- 47 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 4.5 mlrd soʻm mablagʻ maqsadsiz sarflangani;

- 31 ta boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) tomonidan 3.5 mlrd soʻm mablagʻ maqsadsiz sarflangani aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.