Taekvondochilarimiz “WT Diamond Games” turnirida navbatdagi oltin medalni qoʻlga kiritishdi

    Sport 12 Iyul 2025 1122

    Koreya Respublikasining Muju shahrida tashkil etilayotgan taekvondo WT boʻyicha “WT Diamond Games” musobaqasining ikkinchi kuni ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.

    Qayd etilishicha, mikst dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 1rma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Mikst dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 1 tadan tadan oltin va bronza medallariga ega chiqishdi.

    Diyorbek Toʻxliboyev, Shuhrat Salayev, Shabbona Abduvaliyeva hamda Svetlana Osipovadan iborat asosiy jamoamiz saralash bosqichlarida Indoneziya va Moʻgʻuliston, finalda esa Qozogʻiston vakillarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi.

    Ozodbek Mamadaleiv, Yodgor Joʻraboyev, Sevinch Haydarova va Ozoda Sobirjonovadan iborat ikkinchi jamoamiz esa Singapur va Koreya Respublikasini magʻlub etib, yarim finalda Qozogʻistonga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi oʻrin uchun bellashuvda Marokash ustidan qozonilgan gʻalaba ushbu jamoamizning ham shohsupaga koʻtarilishini taʼminladi.

    Shu tariqa, hamyurtlarimizning musobaqada qoʻlga kiritgan medallari 2 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi. Ertaga yakkalik bahslarida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.