Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Uchqo‘rg‘on tumani suv yetkazib berish xizmati” DM haydovchisi A.S. 5 nafar fuqaroni Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va’da qilib, 21 850 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari otkazilmoqda.