Bojxona qoʻmitasining “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi hamda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda qonuniy boʻlmagan dori vositalari olib kirilishining oldi olindi.

Surxondaryo viloyatining Denov shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 30 yoshli fuqaro oʻz nomiga Koreyadan yuborilgan joʻnatmani qabul qilib olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Hujjatlarda sport ozuqasi sifatida rasmiylashtirilgan joʻnatma tekshiruvdan oʻtkazilganda, unda 1200 dona pregabalin moddasi saqlovchi kuchli taʼsir qiluvchi kapsulalar yashirilgani maʼlum boʻldi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.