Taʼkidlanishicha, bugungi kynga qadar mazkur sarmoyador shafeligida “Youngone” korporatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga jami 25 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritilgan. Shundan 6 million dollar Toshkent viloyati hissasiga toʻgʻri keladi.

Muloqotda “Youngone Corporation” ishtirokida Boʻka tumanida joylashgan “Buka Sportswear” XK MCHJda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.