“InnoWeek.Uz-2022” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada ushbu mahsulot namoyish etilmoqda.
— Mahsulotimizning nomi WPC deb nomlanadi. Buni ishlab chiqarish uchun Koreyaning “CelleFAB” kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Keles tumanida zavod qurildi. Mahsulotning sotuvi kelgusi yilning boshiga qadar yoʻlga qoʻyiladi. Uning afzalligi shundaki, oʻtda yonmaydi, suvni shimib olmaydi.
Shu sababli ham mahsulotimizdan basseynlarda, binolarning tashqi fasadida, eshiklar yasashda ishlatilmoqda. Kompozitsion materialimizni bu kabi holatga keltirish uchun gʻoʻzapoya va polimer aralashmasidan foydalaniladi. Shu sababli ham nisbatan hamyonbop boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek bizda uylarning ichki devorlarida foydalaniladigan materiallar ham mavjud, — deydi Sadriddin Jamoliddinov.