Koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan har 100 bemorning bittasi keyinchalik insultni boshdan kechirmoqda

    Koronavirusga chalinganlarda kuzatiladigan yana bir xavf aniqlandi

    “Koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan har 100 bemorning bittasi keyinchalik insultni boshdan kechirmoqda”.

    Bu haqda Kembrij universiteti olimlari maʼlum qildi. Tegishli tadqiqot natijalari "International Journal of Stroke" jurnalida eʼlon qilingan.

    Shuningdek, koronavirusni boshdan kechirgan bemorlarda insult chalinmaganlarga qaraganda olti yil oldin kuzatilganligi va COVID-19 bilan kasallanganlarda oʻlim nisbati ikki baravar koʻpayganligi qayd etilgan. Olimlar 100 mingdan ortiq odamlarning maʼlumotlarini tahlil qilib, ularning 1,4 foizida insult borligini aniqladilar.