Koronavirus infeksiyasiga chalingan qashqadaryolik bemorning shifokorga kech murojaat qilishi uningvafotiga sabab boʻldi

    Tashvishli xabar 2 Iyul 2020 1739

    Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashovchi 64 yoshli S.H. shu yilning 7-iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumaniga borib, 12-iyun kuni Toshkent-Qarshi tezyurar (Afrosiyob) poyezdida yashash manziliga qaytgan. Oradan uch kun oʻtib, yaʼni joriy yilning 15-iyun kuni tana harorati koʻtarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan.

    Bemor (erkak kishi) bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning ogʻir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib, davolanib yurgan.

    29-iyun kuni ahvoli ogʻirlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, Gʻuzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiyaga boʻlimiga ikki tomonlama oʻtkir pnevmoniya ogʻir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet ogʻir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

    Mutaxassislar tomonidan standartlar asosida koʻrsatilgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi

    Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.