Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabariga koʻra, 1-bosqich emlanganlar 9 827 nafarni, 2-bosqich emlanganlar esa 9 488 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 116 249 nafarni tashkil qilmoqda.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 57 621 051 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 20 538 028 nafarni,
— 2-bosqichda emlanganlar 16 846 064 nafarni,
— 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 20 236 959 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
— Toshkent shahri (18 403 doza),
— Fargʻona viloyati (15 547 doza),
— Andijon viloyati (15 266 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 95,7 foizni tashkil qilmoqda.
12-18 yoshdagi emlanuvchilar uchun jami 1 579 435 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 857 653 nafarni,
— 2-bosqichda emlanganlar 673 419 nafarni,
— 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 48 363 nafarni tashkil qildi.
Emlash jarayonlari davom etmoqda.