Koronavirus inson tanasida harakatsiz, o‘zini namoyon qilmay bir necha yil yashab qolishi mumkin

    Salomatlik 15 Iyun 2020 3904

    Buning hayron qolarli joyi yo‘q, deydi shifokorlar, chunki shunday tabiatli viruslar fanga ma'lum.

    Masalan, odam suvchechak bilan kasallanganidan keyin, uni keltirib chiqargan gerpes virusi hech qaerga yo‘qolib ketmaydi, u o‘nlab yillar davomida jimgina yashirinishi mumkin va qulay vaqtda og‘riqli temiratkiga olib keladi.

    Gepatit B ni keltirib chiqaradigan virus esa ko'p yillar o'tgach, jigar saratonini keltirib chiqarishi ehtimoli bor.

    Hatto sog'ayib ketganidan bir necha oy o'tgan sobiq bemorlar ko'zidagi suyuqlikda topilgan ebola virusi keyinchalik yuqtirganlarning 40 foizida ko'rlikka sabab bo'ladi.

    Shu sababli, SARS-CoV-2 ko'proq o'pkani zararlashini hisobga olib, shifokorlar virusning aynan nafas olish tizimida o'nglab bo'lmas o'zgarishlarga olib kelishini taxmin qilmoqda.