- Atipik pnevmoniya 2013 yilda kuzatilgan bo'lib, bu kasallikning qo'zg'atuvchisi MERS virusi bo'lgan. Ushbu kasallik o'sha yillarda nazoratga olingan.
Atipik pnevmoniyadan koronavirus infektsiyasi keltirib chiqaradigan pnevmoniyaning farqi shundaki, ikkinchi holatda pnevmoniya juda tez rivojlanadi va unda immunstress holat kuzatiladi.
Shuningdek, koronavirus immun tizimga ta'sir ko'rsatadi va tsitokinlar «bo'roni» yuzaga keladi. Bu esa o'z navbatida fibrotik o'zgarishlar bilan pnevmoniyani rivojlantirib yuboradi.
Koronavirus pnevmoniyasida yo'tal quruq bo'ladi. Virusli pnevmoniyani tashxislashning eng optimal usuli — MSKT tekshiruvi hisoblanadi.