"Bu virus jamiyatimizdagi har kungi viruslardan biriga aylanishi va ketmasligi mumkin. OIV ketmadi", deya uning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda CNN telekanali.

–Bu ikki kasallikni solishtirganim yo'q, lekin realist bo'lishimiz

kerak deb o'ylayman. Bu kasallik yo'qolib ketishini va bu qachon sodir bo'lishini hech kim aytolmaydi, dedi u.

Jons Hopkins universitetining ma'lumotiga ko'ra, dunyo bo'yicha 300 mingga yaqin kishi koronavirusdan vafot etgan, kasallikka chalinganlar soni esa 4,3 milliondan oshib ketgan va 1,5 milliondan ortiq kishi tuzalgan.