“Eng yomon ssenariy tugadi. Biz virus haqida virus yangi tarqalishni boshlagan 2020-yilga nisbatan koʻproq maʼlumotga egamiz”, – dedi Klyuge.
Klyugening soʻzlariga koʻra, virus tarqalishda davom etadi, ammo barcha cheklovlarga ehtiyoj qolmaydi.
Koronavirusning yangi mutatsiyalariga kelsak, bu odatdagi jarayon, chunki virus odamlarga moslashishga harakat qiladi, deydi tashkilot. JSST virusning tez tarqalayotganligi sababli COVID-19ga qarshi emlashlar samaradorligini diqqat bilan kuzatib boradi. Ammo, agar kerak boʻlsa, yangi mutatsiyalarga qarshi kurashish uchun vaksinalarni oʻzgartirish mumkinligini va ularni noldan yaratishga hojat yoʻqligini taʼkidladi.