O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar uchun «O‘zbekiston — xavfsiz sayohat kafolatlangan» (Uzbekistan/Safe travel guaranteed) sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etilmoqda.
Unga ko‘ra, agar chet ellik sayyoh mamlakat hududida koronavirus infektsiyasini yuqtirib olsa, unga 3000 dollar miqdorida kompensatsiya puli beriladi. Ushbu amaliyot dunyoning ko'plab mamlakatlarida keng qo'llaniladi.