SHu yilning 3 –8 noyabr` kunlari onlayn tarzda tashkil etilgan «InnoWeek.uz – 2020» haftaligi ixtiro va loyihalarga boy bo'ldi. Innovatsion rivojlanish vazirligi shourumda tashkillashtirgan ko'rgazmada yurtimizda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilot vakillari o'z innovatsion loyihalari bilan mehmonlarni lol qoldirishdi.
SHunday ixtirolardan biri «Biogenetik» ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan tayyorlangan koronavirusni yo'q qiluvchi qurilmadir.
Mazkur korxona direktori Olimjon YUsupovning aytishicha, qurilma virusni o'ldirish xususiyatiga ega bo'lib, bir necha bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan.
— Qurilma uch xil xajmga ega bo'lib, maydon kengligiga qarab tanlanadi, — deydi O.YUsupov. — Qurilma o'zidan to'yintirilgan elektronlar chiqaradi. Dastlabki sinovlar o'tkazilganda, havodagi mavjud zararli mikroblarni yo'q qildi. Uning yangi modeli ustida ishlab, yanada takomillashtirilgach, koronavirusga ham qarshi qo'llab ko'rildi. Kutganlarimiz ijobiy natija berdi. Qurilma havodagi, sirtdagi barcha mavjud virus va koronavirusni butkul o'ldirdi. Birinchi ko'zlangan maqsad virusni zararsizlantirib, erga tushirib, keyin yuvib tashlash edi. Ammo takomillashtirilgan qurilma undan-da yaxshi natija berdi, ya'ni virusni havoda turgan holatda o'ldirdi.
Qurilmada xech qanday dori vositasi yoki vaktsina mavjud emas. Texnologiyadagi mavjud suyuqlik viruslarni o'ldirish xususiyatiga ega. Inson organizmi uchun zararsiz. Biror mebel`, matoli narsalar bo'ladimi, sirtdagi mavjud barcha virusni daf qiladi. Uskuna 12 vol`tli elektr energiyasida yoki batareyalar yordamida ham ishlaydi.
— Qurilma bir nechta sinovdan samarali o'tdi. Hatto klinik sinovlari ham nihoyasiga etdi. Natija ijobiy. Qurilmaning avtomobillar uchun foydalaniladigan hajmdagisini ham ishlab chiqdik. Tez tibbiy yordam uchun foydalanilayotgan «Damas» va «Honda»da sinaldi. YAxshi natija berdi. Qurilma uchun zarur bo'lgan 12 vol`t elektr energiyasi mashina uchun muammo emas, — dedi O.YUsupov.
Ixtirochining so'zlariga ko'ra, qurilmaning narxi arzon bo'ladi. CHunki u yurtimizda ishlab chiqariladi va tarkibiy qismlari ham mamlakatimizda mavjud.
Ma'lum qilinishicha, qurilmani ishlab chiqarish jarayoni boshlangan.
Aziza ASLANOVA,
Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi
matbuot kotibi