Ekspertning ta'kidlashicha, virusning o'zi immunotanqislikni keltirib chiqarmaydi, bunga kasallikning og'ir kechishi, koviddan keyingi sindrom sabab bo'ladi.

“Bu bakterial asoratlar, og'ir trombozlar. Ularda funksional immunotanqislik bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, ular dori vositalari, glyukortikosteroid gormonlarini uzoq vaqt davomida iste'mol qilish oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Jiddiy asoratlar bo'lsa, ularning o'zlari  ikkilamchi immunitet tanqisligini keltirib chiqaradi”, deya izohladi Nikolay Kryuchkov.