Uning ta'kidlashicha, o'tgan haftada dunyoda 9,4 mingdan ortiq kishi mazkur infektsiya tufayli hayotdan ko'z yumgan bo'lsa, fevral` oyida o'rtacha haftalik o'lim ko'rsatkichi 75 mingtani tashkil etgan.
“Biz uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tdik, — deydi JSST rahbari. — Biroq quvonish uchun hali erta. Chunki hanuz koronavirusning yangi mutatsiyalari paydo bo'lmoqda. Shu bois xushyorlikni yo'qotmasligimiz zarur”.