Tasdiqlangan ma'lumotlarga ko'ra, baxtsiz hodisa tufayli bir kishi halok bo'lgan, uch kishi jarohatlangan. Ayni paytda shifoxonadagi odamlar xavfsiz joyga ko'chirilgan.
YOng'in olti qavatli shifoxonaning birinchi qavatida yuzaga kelgan. Hozir uning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Voqea joyida o't o'chiruvchilar ish olib boryapti.
SHifoxonaning 6-korpusi koronavirusga chalingan bemorlarni yotqizib davolashga moslashtirilgani tufayli muolaja o'rinlari 45 foizga oshgan edi. Pandemiya bilan og'riganlar davolanuvchi statsionarda yong'inga qadar 87 nafar shifokor va 135 nafar hamshira ishlagan.