Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DBQning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda, fuqaro J.A. tomonidan pandemiya sharoitida moʻmay daromad orttirish maqsadida, koronavirus infeksiyasini davolashda foydalaniladigan “Remdesivir for Injection” nomli dori vositasini, dorixona va uning filialidan tashqarida har bir qutisini 850 ming soʻmdan hisoblab, 200 qutisini 170 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruvda, J.A. “Remdesivir for Injection” dorilarini qayta sotish maqsadida fuqaro M.K.dan xarid qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.A. va M.K.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.