Koronavirusga qarshi emlanish bola tugʻilishiga taʼsir qiladimi?

    Salomatlik 19 Avgust 2021 2015

    Rossiyalik mutaxassis koronavirusga qarshi emlanishning homilador ayollarga taʼsiri boʻyicha maʼlumot berdi.

    Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining ginekologiya boʻyicha mutaxassisi Leyla Adamyanning maʼlum qilishicha, dunyoda qariyb 150 ming ayol homiladorligidan bexabar holda koronavirusga qarshi emlangan. Ularning farzandlari haqidagi maʼlumotlarga koʻra, emlash bolalarga salbiy taʼsir koʻrsatmagan. Bundan tashqari, antitanachalar yoʻldosh orqali bolaga oʻtib, uni koronavirusdan himoya qilgan.

    “Dunyoda homiladorligini bilmagan va emlangan ayollar 147 ming bolani dunyoga keltirgan. Emlash homiladorlikka, homilaga taʼsir qilmasligi aniq”, — deydi Adamyan. Uning soʻzlariga koʻra, emlangan ayol hatto homiladorlik paytida koronavirus bilan kasallansa ham, uning tuzalishi qiyin boʻlmaydi.