«Vaksina bilan emlash ishlari Oʻzbekistonda Navroʻz bayramidan soʻng boshlanadi. Ungacha JSST vaksina bezarar ekani haqidagi xulosalarini taqdim etishlari lozim.

Vaksinalar bizga tekinga yetkazib berilyapti. Birinchi navbatda shifokorlar, bemorlar bilan muloqot qilganlar, oʻqituvchilar hamda MTM xodimlari koronavirusga qarshi emlanadi», dedi Yusupaliyev.

YUNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzadening qoʻshimcha qilishicha, vaksinani vaqtincha toʻxtatib turish — bu uning bekor qilinishini anglatmaydi. Shu paytga qadar “AstraZeneca/Oxford vaksinasini biror bir mamlakat bekor qilgani yoʻq, shunchaki ayrim masalalarga aniqlik kiritish uchun pauza qilingan” xolos».