Koronavirusning dastlabki alomati

    Barselona universiteti olimlari burundagi quruqlik va yoqimsiz his koronavirus bilan kasallangan odamlarda, hattoki hid va ta'm sezgisini yo'qotishdan oldin sodir bo'lishini aniqlashdi.

    Ko'p odamlar koronavirus tufayli hid va ta'm sezgisini yo'qotadi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu burun bo'shlig'i epiteliysi Sars-CoV-2
    tufayli yo'qotilishi bilan bog'liq. Koronavirus nafas olish va ichak yo'llari epiteliysida tarqalgan hujayralarga hujum qiladi. Ushbu hujayralar retseptorlar-ferment ajratadi, u bilan virus oqsillari bog'lanib, inson tanasining sog'lom hujayralariga kirib borishiga imkon beradi, deb yozadi gazeta.ru.

    Shuningdek, ular nafas olish yo'llarini viruslardan himoya qilish uchun chiqarilgan balg'amning tarkibiy qismi bo'lgan moddalarni ishlab chiqaradi.
    Hidning yo'qolishi koronavirus ta'sirlagan hujayralar bu balg'amni chiqarishni to'xtatishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Balg'am esa o'z navbatida, hid uchun javobgar bo'lgan moddalardan ma'lumot olish uchun kerak.