Koronavirusga chalingan va keyinchalik shaxsiy himoya vositasini taqishdan bosh tortgan odamlar atrofdagilar uchun eng katta xavfni tug'diradi, dedi Rossiyaning xizmat ko'rsatgan shifokori, pul`monolog Aleksandr Karabinenko.
Gap shundaki, koronavirus infeksiyasi kasallikdan keyin ham yuqori nafas yo'llarida qoladi, deb tushuntirdi u.
“Infeksiyaning faol tarqatuvchilari avvalo, bolalar, yoshlar — ularga biron narsani isbotlash juda qiyin, himoya vositasini taqishni istamaydi, qaysar”, — deydi mutaxassis RIA Novostiga.
Sрifokor, koronavirusga chalingan yoki yo'qligidan qat'i nazar, barcha odamlar niqob taqishi kerakligini ta'kidladi.