Bu, koronavirusning mazkur turi tana himoya mexanizmlariga oson “chap berish” xususiyatiga ega ekanligini anglatadi. Qolaversa, “omikron”ning avvalgi versiyalariga nisbatan yuqumlilik darajasi 16 foiz yuqori.
Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, ayni paytga kelib “kentavr” yangi alomatlar bilan namoyon bo‘la boshlagan. Ya’ni bu mutatsiyani yuqtirganlarda SOVID-19ga xos odatiy belgilar kamdan kam hollarda kuzatilyapti.
Masalan, VA 2.75 bilan kasallanganlar asosan tana, mushaklar hamda bel va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilayotgani avvalroq ma’lum bo‘lgandi. Endi bu simptomlar qatoriga ko‘z sohasi bilan bog‘liq belgilar ham qo‘shildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining yozishicha, mutaxassislar “kentavr” mutatsiyasi aniqlangan ba’zi bemorlar yorug‘ muhitda ko‘zlarini ochishga qiynalayotganini, ular ko‘z gavharida og‘riqlarni his qilayotganini ta’kidlamoqda.
Keltirilishicha, hozir olimlar bu borada tadqiqotlarni davom ettiryapti.