Koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

    Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Janubiy Afrikada COVID-19ning potensial xavfli, yangi B.1.1.529 shtammi topilgani yuzasidan maxsus yig'ilish o'tkazadi.

    Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Janubiy Afrikada COVID-19ning potensial xavfli, yangi B.1.1.529 shtammi topilgani yuzasidan maxsus yig'ilish o'tkazadi. Bu haqda onlayn-sessiya chog'ida JSSTning favqulodda kasalliklar bo'limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove ma'lum qildi.

    Tashkilot boshoq oqsilidagi o'nlab mutasiyalar orqali yangi variantni kuzatayotgani va bu mavjud vaksinalarning samaradorligiga qanday ta'sir ko'rsatishi muhokama qilinishini aytdi.

    “Bizda bu haqda hali etarli ma'lumot yo'q. Faqat mavjud to'liq genetik ketma-ketliklar 100dan kamligi ma'lum. Biroq, biz bu shtammning ko'plab mutasiyalarga ega ekanligini bilamiz”, deb tushuntirdi Van Kerkxove.

    Virusning evolyusiyasi bo'yicha guruh ushbu variant qanday xavf tug'dirishini mumkinligini muhokama qiladi, dedi u. Agar natijalar xavotirga sabab bo'lsa, unga yunon alifbosida nom beriladi.

    Avvalroq, Buyuk Britaniya va Isroil rasmiylari Botsvanada yangi shtamm aniqlangani sababli Janubiy Afrika mamlakatlariga parvozlar to'xtatilganini ma'lum qilgandi.

    JSSTning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra butun dunyo bo'ylab 258 million nafardan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, besh million nafardan ortiq bemorni qutqarib bo'lmadi. Eng qiyin vaziyat AQSH, Hindiston, Braziliya va Buyuk Britaniyada kuzatilmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti.