Xitoyning boshqa hududlaridan Pekinga turistik guruh bo‘lib tashrif buyurish ham taqiqlandi. Epidemiologik xavf yuqori bo‘lgan tuman aholisidan shahardan tashqariga chiqish man etildi. Shaharda ommaviy-madaniy, ko‘ngilochar va sport tadbirlarini tashkil etish to‘xtaldi.

O‘tgan haftaning shanba kuni koronavirus bilan kasallanish yangi to‘lqini paydo bo‘lgach, Pekindagi yirik «Sinfadi» ulgurji bozori yopilgan edi. Dastlabki tahlil natijalariga ko‘ravirus taxtakachdan topilgandi.

Pekin rasmiylari poytaxtdagi barcha kompaniya ishchilarini 14 kunlik karantinga jo‘natishga majbur bo‘ldi. Fentay tumanining 11 ta kvartalida o‘z-o‘zini himoyalash karantin tartibi o‘rnatildi. Xebey muzofotidagi 11 millionlik aholiga ega Baodin shahrida esa harbiy holat joriy etildi.